Arslon - Shohjahon Jo'rayev
Lyrics by:RizaNovaUZ
Composed by:RizaNovaUZ
Arslon na'ra tortsa nafas ololmas bo'ri
Arslon na'ra tortsa qurir shoqolning sho'ri
Egilsang tuproqman kerilsang osmonman
Tanib ol na'ramdan-men arslonman ha
Men arslonman
Arslon na'ra tortsa to'fon yolin tarar
Xatar sezmas o'rmon ummonlar ham yayrar
Arslon na'ra tortsa zir titraydi samo ham
Shoqol-u tulkining poyi bo'lar nam
Yo'limni to'sma ey ko'ngli qora zot
Nahot bo'ronning ham yo'lin to'ssalar
So'ngra alam bilan ko'tarma faryod
Qurgan kapachangni buzib ketsalar
Arslon na'ra tortsa makring o'tmas yolg'on
Oshkor bo'lar haqiqat kuning bitar yomon
Men ham na'ra tortarman tortmasman ammo atay
Netay zotim arslon naslim sher bo'lsa netay
Arslon na'ra tortsa nafas ololmas bo'ri
Arslon na'ra tortsa qurir shoqolning sho'ri
Egilsang tuproqman kerilsang osmonman
Tanib ol na'ramdan-men arslonman ha
Men arslonman